Maxfiylik siyosati
Qanday ma'lumotlar saqlanadi
Do'kon nomi va turi, do'kon egasi va xodimlarning Telegram ID raqami va ismi, mijozlarning ismi, telefon raqami va Telegram ID raqami, nasiya va to'lov yozuvlari.
Nima uchun ishlatiladi
Faqat xizmatni ko'rsatish uchun: nasiya va to'lovlarni hisoblash, mijozga tasdiqlash so'rovi va eslatma yuborish, hisobotlar tayyorlash.
Kim ko'radi
Do'kon ma'lumotlarini faqat do'kon egasi va u qo'shgan xodimlar ko'radi. Mijoz faqat o'z hisobini ko'radi. Ma'lumotlar uchinchi shaxslarga sotilmaydi va berilmaydi.
Saqlash va xavfsizlik
Ma'lumotlar serverda saqlanadi, har kuni zaxira nusxa olinadi. Kirish faqat Telegram imzosi orqali.
O'chirish
Do'kon yoki mijoz ma'lumotlarini o'chirishni so'rash uchun biz bilan Telegram orqali bog'laning.
Aloqa: @ergashev_ikromjon